Nok va gorgonzolali pizza

Nok va gorgonzolali pizza

Ingredients

Dam olish kunlarida o'zingizni va yaqinlaringizni g'ayrioddiy kombinatsiyalar bilan siylashga nima deysiz?
Masalan, nok va gorgonzolali pizza, ideal ravishda to'g'ri keladi!

Nachinka masalliqlari:
Yetilgan, qattiq nok - 2 dona.
Motsarella pizza uchun - 200 gr.
Gorgonzola - 200 gr.
Yong'oq - bir hovuch
Zaytun moyi Extra virgin - 1 osh qoshiq

Xamir masalliqlari:
Iliq suv - 250 ml.
Un - 500 gr.
Quruq xamirturush - 10 gr.
Zaytun moyi - 4 osh qoshiq
Shakar va tuz - har biri 1/2 choy qoshiqdan

Barcha ingredientlarni aralashtiring, lekin unni oxirida qo'shing. Xamirni tayyorlang va 30 daqiqaga iliq joyga saqlab qo'ying.
Nachinka uchun bo'lgan nokni ingichka slayslarga, mozzarellani qirg'ichdan, gorgonzolani esa mayda kubiklarga bo'ling, yong'oqni pichoq bilan maydalang (lekin juda mayda emas). Xamirni yoyib chiqing, zaytun moyi bilan surtishni unutmang. Butun nachinkani chiroyli va bir tekis qilib yoying. 200 daraja duhovkada 10-12 daqiqa davomida pishiring.