Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

Xizmatlarimizdan foydalanganingizda, har safar Sizdan shaxsiy ma’lumotlaringiz taqdim qilinishini so’rashlari mumkin. Biz ushbu ma’lumotlarni kompaniya ichida o’zaro uzatishimiz va undan mazkur Maxfiylik siyosatiga muvofiq foydalanishimiz mumkin. Shuningdek, xizmatlarimiz, veb-sayt va reklamani taqdim qilish va ularning mazmunini takomillashtirish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa axborot bilan birlashtirishimiz mumkin. Siz biz tomonimizdan so’raladigan shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilishga majbur emassiz, biroq, agar Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilmaslikka qaror qilsangiz, biz Sizga o’z xizmatlarimizni taqdim qilish yoki Sizning istalgan savollaringizga javob berish imkoniyatiga ega bo’lmaymiz. Shuningdek, o’z-o’zidan biron-bir muayyan shaxs bilan bevosita aloqaga ruxsat bermaydigan shaklda ma’lumotlarni to’plashimiz mumkin. Shaxsiy bo’lmagan ma’lumotlarni har qanday maqsadlar uchun to’plashimiz, ishlatishimiz, uzatishimiz va oshkor qilishimiz mumkin. Axborotni ishlash, kredit berish, mijozlar buyurtmalarini bajarish, Sizga xizmatlar ko’rsatish, mijozlar ma’lumotlarini boshqarish va yaxshilash, mijozlarga xizmatlar taqdim qilish, Sizning xizmatlarimizga qiziqishingizni baholash va mijozlar qoniqishi tadqiqotlari yoki sharhlarini o’tkazish kabi xizmatlar taqdim qiladigan kompaniyalarga shaxsiy ma’lumotlarni uzatishimiz mumkin. Ushbu kompaniyalar Sizning ma’lumotlaringizni himoya qilishlari shart. Shuningdek, agar shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilishimiz qonun, sud jarayoni va/yoki jamoat va davlat organlari tomonidan talabnoma bo’yicha zarur bo’lsa, biz ma’lumotlaringizni uzatishimiz mumkin.

Shartlar va qoidalarni o’zgartirish

Carrefouruzbekistan.com istalgan vaqtda Veb-saytning Shartlari va qoidalarini oldindan xabardor qilmagan holda o’zgartirishi mumkin. Siz istalgan paytda Carrefouruzbekistan.com da Shartlar va qoidalarning so’nggi versiyasidan foydalanishingiz mumkin. O’zgartirilgan Shartlar va qoidalar Siz uchun maqbul bo’lmagan holatda, Siz xizmatdan foydalanishni to’xtatishingiz kerak. Shunga qaramay, agar Siz xizmatdan foydalanishni davom ettirsangiz, bu Sizning mazkur Veb-saytning o’zgartirilgan Shartlari va qoidalarini qabul qilishga va ularga rioya etishga roziligingizni anglatadi.

Bekor qilish

Mazkur Shartlar va qoidalar Siz tomoningizdan yoki Carrefouruzbekistan.com tomonidan bekor qilingungacha amal qiladi. Siz mazkur Shartlar va qoidalarning amal qilishini istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin, bunda Siz mazkur Veb-saytdan har qanday kelgusi foydalanishni to’xtatishingiz shart. Carrefouruzbekistan.com mazkur Shartlar va qoidalarning amal qilishini istalgan vaqtda bekor qilishi va buni oldindan xabardor qilmagan holda darhol amalga oshirishi, taalluqli ravishda, Sizni Veb-saytdan foydalanish huquqidan mahrum qilishi mumkin. Bunday bekor qilish Carrefouruzbekistan.com oldida biron-bir majburiyatlarsiz amalga oshiriladi. Mazkur Shartlar va qoidalarning amal qilishi Siz tomoningizdan yoki Carrefouruzbekistan.com tomonidan har qanday bekor qilinganidan so’ng, mazkur Veb-saytdan yuklangan yoki o’zgacha tarzda olingan barcha materiallar, shuningdek bunday materiallarning barcha nusxalari, ular mazkur Shartlar va qoidalarga muvofiq yoki o’zgacha tarzda amalga oshirilganligidan qat’i nazar, darhol yo’q qilinishi kerak. Mazkur Shartlar va qoidalarning amal qilishi bekor qilinganidan so’ng, Carrefouruzbekistan.com ning har qanday chaqirib olish huquqi o’z kuchida qoladi. Mazkur Shartlar va qoidalar amal qilishining har qanday bunday bekor qilinishi Sizning Veb-saytda buyurtma qilingan mahsulot uchun to’lash majburiyatingizni bekor qilmaydi va mazkur Shartlar va qoidalarga muvofiq yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday javobgarlikka ta’sir etmaydi.

To’liq Kelishuv

Agar qo’llaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq mazkur Shartlar va qoidalarning biron-bir qismi, shu jumladan, boshqa qismlaridan tashqari, yuqorida qayd etilgan kafolat majburiyatlari va javobgarlik cheklanishi rad qilinishi haqiqiy emas yoki qonuniy kuchga ega emas deb topilsa, haqiqiy bo’lmagan yoki bajarilmaydigan qoida dastlabki qoida mazmuniga eng aniq muvofiq bo’lgan bajariladigan amaldagi qoida bilan almashtirilgan deb hisoblanadi hamda mazkur Shartlar va qoidalarning qolgan qismi o’z kuchida qoladi. Agar mazkur hujjatda o’zgacha ko’rsatilmagan bo’lsa, mazkur Shartlar va qoidalar Siz va Carrefouruzbekistan.com o’rtasida Carrefouruzbekistan.com saytlari/ xizmatlariga nisbatan to’liq kelishuvni tashkil etadi hamda Siz va Carrefouruzbekistan.com o’rtasidagi Carrefouruzbekistan.com saytlari/ xizmatlariga tegishli xoh elektron, og’zaki yoki yozma shakldagi barcha oldingi va bir yo’la xabarlar va takliflar o’rnini bosadi. Siz yoki boshqa shaxslar tomonidan qoida buzilishlariga nisbatan Carrefouruzbekistan.com tomonidan harakatlar rad qilinishi uni navbatdagi yoki shunga o’xshash qoida buzilishlariga nisbatan harakat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.

Boshqaruv qonun hujjatlari va yurisdiksiya

Mazkur Shartlar va qoidalar Iordaniyaning mahalliy qonunlari va qoidalariga muvofiq talqin qilinishi kerak. Iordaniyaning sudlari mazkur Shartlar va qoidalardan kelib chiqadigan har qanday da’volashuv ishlarida alohida yurisdiksiyaga ega bo’ladi.

Aloqa bog’lash uchun ma’lumotlar:

Veb-sayt, elektron pochta:

 

MAXFIYLIK SIYOSATI

Majid Al Futtaim Holding – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay Amirligida ro’yxatdan o’tkazilgan mas’uliyati cheklangan kompaniya. Majid Al Futtaim Holding turli xil sho’’ba kompaniyalari, shu jumladan Majid Al Futtaim Retail, Majid Al Futtaim Properties va Majid Al Futtaim Ventures («Majid Al Futtaim», «biz», «bizni», «bizniki») orqali faoliyat olib boradi.

Ushbu siyosat Majid Al Futtaim kompaniyasi tomonidan ma’lumotlar nazoratchisi sifatida Siz biz bilan bog’langan, xizmatlarimizdan foydalangan yoki bizning platformalarimiz, shu jumladan veb-saytlar va mobil ilovalar (birgalikda «Platformalar») bilan o’zaro hamkorlik qilgan vaqtda Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz to’planishi, ishlanishi, ishlatilishi va oshkor qilinishi tartibini tavsiflaydi.

 

UShBU SIYoSAT NIMANI QOPLAYDI

Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to’plashimiz, ishlatishimiz va himoya qilishimiz yuzasidan eng yuqori standartlarni qabul qilishga intilamiz va taalluqli ravishda, ushbu Maxfiylik siyosatini («Siyosat») ishlab chiqdik, ushbu Siyosat:

• biz to’playdigan shaxsiy ma’lumot turlarini belgilaydi;

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday va nima uchun to’plashimizni va ishlatishimizni izohlaydi;

• Majid Al Futtaimda va boshqa tashkilotlar bilan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qachon va nima uchun almashishimiz mumkinligini izohlaydi;

• biz to’playdigan shaxsiy ma’lumotlarni qanday himoya qilishimizni izohlaydi; shuningdek

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga tegishli o’z huquqlaringiz va tanlovni izohlaydi.

 

Mazkur Siyosat, agar Siz bizning xizmatlarimizdan (mazkur Siyosatda “bizning Xizmatlar” deb yuritiladi) foydalansangiz qo’llaniladi. Bizning Xizmatlardan foydalanish quyidagilarni anglatadi:

• filiallarimizdan istalgan birida telefon bo’yicha, do’konda yoki onlayn orqali mahsulotlarni xarid qilish yoki xizmatlarni buyurtma qilish;

• platformalarimizning istalgan biridan, shu jumladan veb-saytlar («bizning Veb-saytlar»), umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmoqlari yoki mobil ilovalar («bizning Mobil ilovalar»)dan foydalanish; yoki

• qonun-qoidaga rioya qilish sxemalarimizdan istalgan birining (masalan, MyClub) ishtirokchisi bo’lish;

• bizning aksiyalarimiz va tanlovlarimizda ishtirok qilish, shuningdek axborot byulletenlarimiz va takliflarimizni olish uchun ro’yxatdan o’tish.

 

Ushbu Siyosat bizning Xizmatlar yuzasidan Siz biz bilan bog’langan yoki biz Siz bilan bog’langan holatda ham qo’llaniladi.

 

 

 

biz to’playdigan shaxsiy ma’lumotlar

Siz bizning servislarimizda ro’yxatdan o’tganingizda, biz quyidagilarni to’plashimiz mumkin:

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, shu jumladan pochta va to’lov manzillari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari, tug’ilgan sana, jins va/yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat, guvohnoma raqamlari.

• Hisobga olish qaydnomasiga kirish uchun ma’lumotlar, masalan, foydalanuvchi ism-sharifi va Siz tanlagan parol (shifrlangan); shuningdek

• Sizning qiziqishlaringiz, daromadlaringiz va boshqa soha bo’yicha ma’lumotlar.

 

Bizda onlayn xaridlarini amalga oshirganingizda, Veb-saytlarimizni ko’zdan kechirganingizda, Mobil ilovalarimizdan foydalanganingizda yoki biz tomondan taqdim qilinadigan Wi-Fi tarmoqlariga ulanganingizda, biz quyidagilarni to’plashimiz mumkin:

• Sizning onlayn xaridlaringiz to’g’risida ma’lumotlar (masalan, Siz nimani, qachon, qayerda buyurtma qildingiz/ sotib oldingiz va qanday tarzda to’ladingiz);

• Veb-saytlarimizdagi veb-sahifalarni, Mobil ilovalarimizni va ommaviy tarmoqlarni ko’zdan kechirish rejimingiz to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek Siz reklama e’lonlarimiz tugmachalaridan birini (shu jumladan, boshqa tashkilotlar veb-saytlarida ko’rsatiladigan reklama e’lonlari tugmachasini) qachon bosishingiz to’g’risida ma’lumotlar;

• Siz bizning Servislarga kirish uchun foydalanilgan qurilmalar (shu jumladan, marka, model va operasion tizim, IP-manzil, brauzer turi va mobil qurilmalar identifikatorlari) to’g’risida ma’lumotlar; shuningdek

• Sizning aniq geolokasiyangiz to’g’risida ma’lumotlar.

 

Siz bizdan xaridlarni amalga oshirish uchun qonun va qoidaga amal qilish dasturlarimizdan istalgan biridan foydalanganingizda, biz quyidagilarni to’plashimiz mumkin:

• Tranzaksiyalar, shu jumladan Siz ballar to’playdigan do’kondagi xaridlar va onlayn xaridlari to’g’risida ma’lumotlar hamda Siz o’z ballaringiz, sho’’ba kompaniyalaridagi yoki boshqa sheriklardagi kuponlar va vaucherlaringizdan qanday foydalanishingiz to’g’risida ma’lumotlar.

 

Siz biz bog’langaningizda yoki biz Siz bilan bog’langanimizda yoki Siz reklama aksiyalarida, tanlovlarda, bizning Xizmatlarimiz haqidagi so’rovnomalarda yoki savol-javoblarda ishtirok qilganingizda, biz quyidagilarni to’plashimiz mumkin:

• Siz o’zingiz haqida taqdim qiladigan shaxsiy ma’lumotlaringiz;

• Biz Sizga yuboradigan elektron xatlar va boshqa raqamli xabarlar tafsilotlari, shu jumladan Siz ochadigan elektron xatlar va ulardagi Siz bosadigan havolalar to’g’risida ma’lumotlar; shuningdek 

• Sizning fikr-mulohazalaringiz hamda mijozlarning so’rovnomalari va savol-javoblariga ilovalar to’g’risida ma’lumotlar.

 

Shaxsiy ma’lumotlarning boshqa manbalari

Biz axborot taqdim qiluvchi ixtisoslashgan kompaniyalar, onlayn media kanallar, bizning sheriklarimiz va ommaviy reestrlar kabi boshqa manbalardagi shaxsiy ma’lumotlardan ham foydalanishimiz mumkin. Biz boshqa manbalardan Siz haqingizda quyidagi turlardagi shaxsiy ma’lumotlarni to’plashimiz mumkin: aloqa bog’lash ma’lumotlari, kredit tarixi, xaridlar, qiziqishlar yoki boshqa turdagi umumiy ma’lumotlar. Ushbu boshqa shaxsiy ma’lumotlar bizlarga quyidagilarda yordam beradi:

• biz saqlaydigan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularning aniqligini yaxshilash; shuningdek

• bizning marketing kommunikasiyalarimizni, shu jumladan onlayn-reklamani takomillashtirish va samaradorligini o’lchash.

 

Qonun Siz haqingizda yoki Siz bilan bizdagi mavjud biron-bir shartnoma munosabatlari oqibati to’g’risida shaxsiy ma’lumotlarni to’plashimizni talab qilishi mumkin.

 

Agar Siz mazkur Siyosatga muvofiq foydalanish uchun o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmaslikka qaror qilsangiz, baribir bizning Platformamizga kirishingiz mumkin bo’ladi, biroq Sizda muayyan opsiyalardan, mahsulotlar yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo’lmasligi mumkin, ayrim holatlarda esa Siz so’rayotgan xizmatni bajarish imkoniyatiga ega bo’lmasligimiz mumkin.

 

SIZNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINGIZDAN NIMA UCHUN VA QANDAY FOYDALANAMIZ?

Siz uchun Xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyatini yaratish

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan Siz tomondan so’ralgan xizmatlarni taqdim qilish, shu jumladan:

• Sizning buyurtmalaringizni ishlash va mablag’larni qaytarish; shuningdek

• Siz bizda saqlaydigan hisobga olish qaydnomalarini boshqarish uchun foydalanamiz.

 

Bu Sizning oldingizdagi shartnoma majburiyatlarimizga muvofiq xizmatlarni Sizga taqdim qilishimiz uchun amalga oshiriladi.

 

Sizning tajribangizni shaxsiylashtirish

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan biz Sizga yuboradigan marketing xabarlarni shaxsiylashtirish hamda ularni yanada aktual va qiziqarli qilish uchun foydalanishimiz mumkin, chunki bu bizning qonuniy amaliy manfaatlarimizga javob beradi. Zarur hollarda, biz dastlab Sizning roziligingizni olamiz. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan ushbu maqsadlar uchun quyidagi usullar bilan foydalanishimiz mumkin:

• Sizni mijoz sifatida yaxshiroq tushunish va Sizga shaxsiylashtirilgan takliflar va xizmatlarni taqdim qilishda bizga yordam berish uchun Internetdagi onlayn xatti-harakatingizdan, do’kondagi xaridlar va onlayn xaridlaringizdan foydalanish;

• biz Sizga taqdim qiladigan mahsulotlar va xizmatlarga, shuningdek ta’minotchilarimiz va sheriklarimiz mahsulotlariga tegishli bo’lgan taalluqli marketing xabarlarini (shu jumladan, elektron pochta, pochta, telefon, SMS orqali yoki onlayn reklama qilish orqali) taqdim etish. Buning doirasida onlayn-reklama bizning Veb-saytlarimizda, shuningdek boshqa tashkilotlar Veb-saytlarida va onlayn-kanallarida joylashtirilishi mumkin. Biz marketing kommunikasiyalarimiz hamda ta’minotchilarimiz va hamkorlarimiz samaradorligini ham o’lchashimiz mumkin;

• Sizni yaxshiroq tushunish va Sizga qiziqishlaringizga muvofiq xizmatlar va marketing kommunikasiyalarini taqdim qilishda bizga yordam berishi uchun biz do’konda xaridlar amalga oshirilganida to’playdigan shaxsiy ma’lumotlarni bizning Veb-saytlarimiz, Mobil ilovalarimiz va boshqa manbalardan, shu jumladan Majid Al Futtaim boshqaruvi ostidagi turli sho’’ba kompaniyalaridan olinadigan shaxsiy ma’lumotlar bilan birlashtiramiz.

 

Siz bilan bog’lanish va o’zaro hamkorlik qilish

Biz Siz bilan muloqot qilganimizda, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin:

• bizning Xizmatlar yuzasidan Siz bilan bog’lanish, masalan, telefon, elektron pochta yoki pochta orqali yoxud Siz bizga yuborgan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga javob berish orqali bog’lanish;

• Siz ishtirok qiladigan reklama aksiyalari va tanlovlarini, shu jumladan ta’minotchilarimiz va sheriklarimiz bilan birga o’tkaziladigan reklama aksiyalari va tanlovlarini boshqarish;

• Sizni mijozlar so’rovnomalarida, anketalarida hamda Majid Al Futtaim tomonidan va bizning nomimizdan boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan boshqa tadqiqotlarda ishtirok qilishga taklif etish va ularni boshqarish.

 

Sizga tegishli javoblar taqdim etish va Sizni bizning Xizmatlarimiz haqida xabardor qilish imkoniyatiga ega ekanligimiz bizning qonuniy amaliy manfaatlarimizga javob beradi.

 

Kundalik faoliyatimizni boshqarish va takomillashtirish

Siz bizning Xizmatlarimizdan qanday foydalanayotganligingizni quyidagi maqsadlarda tahlil qilamiz:

• Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimizni boshqarish va takomillashtirish;

• Mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz turlarini, do’konlarimiz, axborot texnologiyasi tizimlari, nou-xau va Siz bilan qanday muloqot qilayotganligimizni ishlab chiqish va takomillashtirishda yordam berish;

• Firibgarlik va boshqa jinoyatlarni aniqlash va oldini olish.

 

Bizga taqdim qilingan axborotdan ushbu maqsad uchun foydalanish bizning qonuniy amaliy manfaatlarimizga javob beradi, shu tufayli biz xizmatlarimizni takomillashtirish uchun ular bilan bog’liq har qanday muammolarni tushunishimiz mumkin.

 

shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi

Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga quyidagi vaziyatlarda uzatishimiz mumkin:

Majid Al Futtaim sho’’ba kompaniyalari

Biz sho’’ba kompaniyalarimizning istalgan biridan to’plangan shaxsiy ma’lumotlarni boshqa sho’’ba kompaniyalarimiz bilan yuqorida qayd etilgan maqsadlarda almashinishimiz mumkin.

Chakana sheriklar

Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni bizning Xizmatlarimiz orqali mahsulotlarini sotayotgan boshqa kompaniyalarga («Chakana sheriklarga») uzatishimiz mumkin. Biz Chakana sheriklarimizga o’z xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradigan shaxsiy ma’lumotlarnigina uzatamiz. Masalan, Siz onlayn orqali yoki do’konda xarid qilayotgan bo’lsangiz, biz tegishli Chakana sherigimizga Sizning tovarlaringizni yetkazib berishi uchun ism-sharifingiz, aloqa bog’lash ma’lumotlari va manzilingizni xabar qilishimiz mumkin.

Xizmatlar ta’minotchilari

Biz puxta tanlab olingan Xizmatlar ta’minotchilari bilan ishlaymiz, ular bizning nomimizdan muayyan funksiyalarni bajaradilar. Ular tarkibiga, masalan, bizlarga texnologik xizmatlarni taqdim qilishda, ma’lumotlarni saqlashda va birlashtirishda, to’lovlarni ishlashda va buyurtmalarni yetkazib berishda yordam beradigan kompaniyalar kiradi. Biz Xizmatlar ta’minotchilariga o’z xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradigan shaxsiy ma’lumotlarnigina uzatamiz.

Biz bilan birgalikda ishlaydigan ayrim Xizmatlar ta’minotchilari mediakanallarni onlayn boshqaradilar hamda ular mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni tegishli onlayn reklamaga, shuningdek ta’minotchilarimizni va Chakana sheriklarimizni ushbu onlayn mediakanallariga bizning nomimizdan joylashtiradilar. Masalan, Siz ijtimoiy tarmoqlarda muayyan saytdan foydalanganingizda mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz reklamasini ko’rishingiz mumkin.

 

boshqa tashkilotlar bilan shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi

Biz shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tashkilotlarga quyidagi holatlarda uzatishimiz mumkin:

• agar biron-bir qo’llaniladigan qonunga muvofiq yoki davlat organi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim qilishimiz zarur bo’lsa;

• agar bizning qonuniy huquqlarimizni belgilash, amalga oshirish yoki himoyalash uchun shaxsiy ma’lumotlarni taqdim qilishimiz zarur bo’lsa (bu firibgarlik oldini olish va kredit xavfini pasaytirish maqsadlarida boshqa shaxslarga shaxsiy ma’lumotlar taqdim qilinishini o’z ichiga oladi);

• biz mahsulotlarimizni sotadigan yoki o’tkazadigan (yoki mahsulotlarimizni sotish yoki o’tkazish to’g’risida muzokaralarga kirishadigan) tashkilotlar, o’z tashkilotlarimizdan istalgan biri yoki biz Siz bilan amalga oshirishimiz mumkin bo’lgan har qanday bitim bo’yicha har qanday huquqlarimiz yoki majburiyatlarimiz. Mahsulotlarimiz sotilgan yoki o’tkazilgan holatda, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni oladigan tashkilot shaxsiy ma’lumotlaringizdan xuddi biz kabi foydalanishi mumkin;

• bizning biznes uchun mulkiy huquqqa ega bo’lgan har qanday boshqa huquqiy vorislarga; yoki

• Siz bilan kelishuvimizga muvofiq huquqlarimiz va majburiyatlarimizni o’tkazadigan yoki o’tkazishimiz mumkin bo’lgan har qanday shaxsga.

 

sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz uzatilishi

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz Yevropa Ittifoqi qonun hujjatlariga yoki o’zingiz yashaydigan mamlakat yoxud Siz ro’yxatdan o’tkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni mos himoyalash darajasini ta’minlovchi sifatida baholanmaydigan mamlakatga uzatilishi, ushbu mamlakatda saqlanishi va ishlanishi mumkin.

Sizning ma’lumotlaringiz tegishli himoyasini ta’minlash uchun qo’llaniladigan huquqiy talablarga muvofiq biz taalluqli ehtiyotkorlik choralarini joriy qildik (masalan, shartnoma majburiyatlari).

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xorijiy yurisdiksiyaga uzatilgan holatda, unga ushbu yurisdiksiya qonunlari tatbiq qilinishi mumkin va uni ushbu yurisdiksiya sudlarida, huquqni muhofazalash organlari yoki davlat organlarida oshkor qilinishini talab qilishimizga to’g’ri kelishi mumkin, biroq biz buni amaldagi qonun hujjatlariga asosan talab qilingan holatdagina amalga oshiramiz.

 

shaxsiy ma’lumotni qanday himoya qilamiz

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatsiz foydalanishdan, o’zgartirish va yo’q qilinishdan himoyalash uchun jismoniy, texnik va tashkiliy xavfsizlik choralarini qo’llab-quvvatlaymiz. Biroq hech bitta internet-sayt 100% xavfsiz bo’lolmaydi va bizning nazoratimizdan tashqarida ruxsatsiz yoki qasddan foydalanilganlik uchun javobgar bo’lolmaymiz.

 

ijtimoiy tarmoqlar

Biz ayrim ijtimoiy tarmoqlar saytlaridagi kanallar, sahifalar va hisobga olish qaydnomalaridan mijozlarni xabardor qilish, ularga yordam berish va o’zaro hamkorlik qilish uchun foydalanamiz. Xizmatlarimizni takomillashtirish uchun ushbu kanallarda amalga oshirilgan izohlar va xabarlarni kuzatib boramiz va yozib olamiz.

Majid Al Futtaim ushbu saytlarda joylashtirilgan har qanday axborot uchun javobgar bo’lmaydi, biz o’zimiz joylashtirgan axborot bundan mustasno. Biz bevosita ijtimoiy tarmoqlar saytlarini yoki ularda uchinchi shaxslar tomonidan joylashtirilgan har qanday axborotni qo’llab-quvvatlamaymiz.

 

saqlash

Biz yozuvlarni quyidagilar uchun kerakli butun vaqt davomida saqlaymiz: a) xaridlar, bronlash, a’zolikni boshqarish hamda mazkur Maxfiylik siyosatida nazarda tutilgan boshqa tegishli mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim qilish, shu jumladan Sizni bizning marketing to’g’risida doimiy xabardor qilish; b) mahsulotlar, xizmatlar va Siz bilan muloqotlarni shaxsiylashtirish; c) yozuvlarni saqlash to’g’risidagi qo’llaniladigan qonun hujjatlari talablariga rioya etish. Siz bilan munosabatlarimiz tugaganidan so’ng shaxsiy ma’lumotlaringizni qanchalik uzoq vaqt saqlash to’g’risida qaror qabul qilishda, biz yuridik majburiyatlarimizni va boshqaruv organlari kutishlarini hisobga olamiz.

Agar Sizga xizmatlar taqdim qilinishi uchun bundan buyon shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanmasligimizni talab qilishni istasangiz, quyidagi manzil bo’yicha biz bilan bog’laning: Analytics Office, Majid Al Futtaim Management Services, P.O. Box 91100, Dubai, United Arab Emirates. Siz quyidagi manzil bo’yicha bizga xat yo’llashingiz ham mumkin: privacy@maf.ae.

Shunga qaramay, biz Sizning ro’yxatdan o’tkazilgan ma’lumotlaringizni, zaruriyatga qarab, yuridik majburiyatlarimizni bajarish, nizolarni hal qilish va kelishuvlarimizga rioya etilishini ta’minlash uchun saqlaymiz va foydalanamiz.

 

MARKETING xabarnomalari

Biz Sizga yuboradigan barcha marketing xabarnomalari Sizga kelgusi marketing uchun o’z roziligingizni qaytarib olish imkoniyatini beradi. Agar Siz bundan buyon reklama materiallarini olishni istamasangiz, Siz ushbu xabarlarni olishni rad qilishingiz yoki o’z hisobga olish qaydnomangiz sozlanishini o’zgartirishingiz kerak, bu Sizning marketing ro’yxatlaridan o’chirilishingizga olib keladi.

E’tiboringizni shunga qaratamizki, agar Siz marketing xabarlari tarqatilishini rad qilsangiz, Siz baribir biz tomonimizdan bizdan xarid qilingan xizmatlar yoki mahsulotlar to’g’risida operativ va xizmat xabarlarini, shuningdek savollaringizga javoblarni olasiz hamda biz kelgusida Sizga marketing xabarlarini yubormasligimiz uchun Sizning ma’lumotlaringizni istisnolar ro’yxatida saqlab qo’yishimiz mumkin.

 

COOKIES fayllari va shunga o’xshash TEXNOLOGIyalar

Biz Cookies fayllari hamda teglar va piksellar («Cookies») kabi shunga o’xshash texnologiyalardan Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimizdan foydalanilganda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini shaxsiylashtirish va takomillashtirish hamda Sizga tegishli onlayn-reklamani taqdim qilish uchun foydalanamiz. Cookies fayllari – kichik ma’lumotlar fayllaridan iborat bo’lib, ular Veb-sayt va Mobil ilovaga Sizdagi ish kompyuteri, noutbuk yoki mobil qurilmadagi turli xil ma’lumotlarni to’plash va saqlash imkonini beradi.

Cookies fayllari bizga Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimizda muhim funksiyalar va imkoniyatlarni taqdim qilishga yordam beradi va biz ulardan mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish uchun foydalanamiz. Masalan, biz Cookies fayllaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalanamiz:

 

Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimiz faoliyatini takomillashtirish

Cookies fayllari bizga Sizning tajribangizni shaxsiylashtirishimiz uchun Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimiz faoliyatini takomillashtirishda yordam beradi va Sizga ularning ko’plab foydali funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Masalan, biz Cookies fayllaridan Siz Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimizga qaytganingizda Sizning qiziqishlaringizni va xaridlar savatingizdagi mahsulotlarni yodda tutish uchun foydalanamiz.

 

Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimiz unumdorligini oshirish

Cookies fayllari bizga, masalan, agar Siz namoyish vaqtida xatolar to’g’risidagi xabarlarni ko’rib chiqayotgan bo’lsangiz bizga xabar berish orqali Veb-saytlarimiz va Mobil ilovalarimizdan qanday foydalanilayotganligini tushunishimizda yordam berishi mumkin. Ushbu Cookies fayllari, asosan, agregasiyalangan va imzosiz bo’lgan ma’lumotlarni to’playdi.

 

Tegishli onlayn-reklamani taqdim qilish

Cookies fayllaridan Veb-saytlarimizda va boshqa tashkilotlar veb-saytlarida, fikrimizcha, eng dolzarb bo’lgan onlayn-reklamani joylashtirishimizga yordam berishi uchun foydalanamiz.

Ushbu maqsad uchun foydalaniladigan Cookies fayllari ko’pincha Veb-saytlarimizda boshqa tashkilotlar tomonidan va har doim ruxsatimiz bilan joylashtiriladi. Ushbu Cookies fayllari Siz kelgan IP-manzil, veb-sayt kabi onlayn xatti-harakatingiz to’g’risidagi ma’lumotlarni va Sizning xaridlaringiz tarixi to’g’risidagi yoki xaridlar uchun savatingizdagi mahsulotlar to’g’risidagi axborotni to’plashi mumkin. Bu reklamalarimizni Veb-saytlarimizda va boshqa tashkilotlar veb-saytlarida ko’rishingiz mumkinligini anglatadi. Siz Veb-saytlarimizda boshqa tashkilotlar reklamalarini ham ko’rishingiz mumkin.

Sizga relevant onlayn-reklamani ko’rsatishimizda bizga yordam berish uchun ish kompyuteringiz brauzerida yoki boshqa qurilmalarda Cookies fayllari yordamida to’planadigan ma’lumotlarni biz to’plagan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishimiz mumkin (masalan, Qonun va qoidaga rioya etish dasturi).

 

Bizning marketing kommunikasiyalarimiz, shu jumladan onlayn reklama samaradorligini o’lchash

Cookies fayllari Siz muayyan reklamani ko’rganligingiz va Siz uni ko’rgandan so’ng qancha vaqt o’tganligini bizga ma’lum qilishi mumkin. Ushbu axborot bizga onlayn reklama kampaniyalarimiz samaradorligini o’lchash va reklama namoyishlari sonini nazorat qilish imkonini beradi.

Biz Cookies fayllaridan, masalan, Sizga yuborilgan marketing elektron xatimizni ochganligingiz to’g’risida ma’lum qilish orqali marketing kommunikasiyalarimiz samaradorligini o’lchash uchun ham foydalanamiz.

 

Masala Cookies fayllariga kelib taqalganda Sizning tanlovingiz

Siz yangi Cookies fayllarini qabul qilish yoki rad etish, shuningdek mavjud Cookies fayllarini olib tashlash uchun brauzer sozlanishlaridan foydalanishingiz mumkin. Siz o’z brauzeringizni yangi Cookies fayllari kompyuteringizga yoki boshqa qurilmaga joylashtirilganida har safar Sizni xabardor qiladigan tarzda sozlashingiz mumkin.

Agar Siz Cookies fayllarining ayrimlarini yoki barchasini uzib qo’yishga qaror qilsangiz, Siz bizning platformadan to’liq darajada foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmaymiz. Masalan, Siz savatga tovarlarni qo’shish, buyurtmani rasmiylashtirishga o’tish yoki Siz kirish qismini bajarishingiz kerak bo’lgan ayrim mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmasligingiz mumkin.

Siz Cookies fayllaridan foydalanish uchun bizga o’z roziligingizni bildirishingiz bilan biz Cookies fayllarini kompyuteringizda yoki boshqa qurilmada saqlashni boshlaymiz. Agar Siz o’z roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishni istasangiz, Siz o’z internet-brauzeringiz sozlanishlaridan foydalangan holda Cookies fayllarimizni olib tashlashingiz kerak.

 

birlashtirilgan ma’lumotlar, ma’lumotlar tahlili va ijtimoiy medialarning FUNKsIONALligi

Biz shablonlarni tahlil qilish hamda marketing va reklama harakatlarimizni takomillashtirish, Platformadan foydalanishni tahlil qilish, kontentimizni va mahsulotlar taklifini yaxshilash, shuningdek kontent, maket, mahsulotlar va Platformalarimiz xizmatlarini sozlash uchun shaxsiy ma’lumotlarni to’plashimiz va har qanday identifikasiyalanadigan qismlarni olib tashlashimiz mumkin hamda yuqorida ko’rsatilganidek, buning uchun o’z nomimizdan uchinchi tarafni tayinlashimiz mumkin.

Biz Platformalarimizga kirishlar soni va chastotasi kabi foydalanish to’g’risidagi muayyan axborotni to’playmiz. Ushbu axborot Siz hozirgina qaysi veb-sahifadan kelganligingiz, kelgusi safar qaysi veb-sahifaga o’tishingiz, qaysi brauzerdan foydalanishingiz, qurilmangiz va IP-manzilingiz to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin. Biz bunday ma’lumotlardan faqat umumiy shaklda foydalanamiz. Ushbu jamoaviy ma’lumotlar Sizni yaxshiroq tushunish va xizmat ko’rsatish uchun bizga mijozlarimiz Platformalarimiz qismlaridan qanchalik foydalanishlarini aniqlashda va foydalanuvchilarimizning demografik tavsiflarini, qiziqishlarini va xatti-harakatlarini tadqiq qilishda yordam beradi.

Agar Siz Platformalarimizda ijtimoiy tarmoqlar yoki shunga o’xshash saytlar bilan bog’liq tugmalardan (masalan, “Menga yoqadi” va/yoki “o’rtoqlashing” tugmalari) foydalansangiz, Platformalarimizdagi materiallar qaytadan ushbu boshqa veb-saytga yoki xizmatga yuborilishi mumkin va maxfiylik sozlanishiga qarab, xususiy yoki ommaviy ko’rinishi mumkin (masalan, do’stlarga, obunachilarga yoki odatda, profilingiz sahifasiga kirish imkoniga ega har qanday shaxsga).

 

sizning huquqlaringiz

Siz biz saqlaydigan Siz to’g’ringizdagi shaxsiy ma’lumotlarni ko’rib chiqishga yoki foydalanishga haqlisiz. Nusxasini olish uchun, marhamat, quyidagi manzilga yozing: Analytics Office, Majid Al Futtaim Management Services, P.O. Box 91100, Dubai, United Arab Emirates. Siz quyidagi manzil bo’yicha bizga xat yozishingiz ham mumkin: privacy@maf.ae.

Bundan tashqari, mahalliy qonun hujjatlariga muvofiq Sizning o’z shaxsiy ma’lumotlaringizga tegishli muayyan huquqlaringiz bor. Ular quyidagilar uchun huquqlardan iborat:

• biz saqlaydigan Siz to’g’ringizdagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish;

• o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni o’chirib tashlash;

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishimizni cheklash;

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishimizga qarshi e’tiroz bildirish;

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishimiz uchun Siz tomondan berilgan har qanday rozilikni qaytarib olish;

• Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni elektron formatda foydalanish uchun yaroqli holatda olish va uni uchinchi shaxsga uzatish (ma’lumotlarni uzatish huquqi); shuningdek

• ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha mahalliy organga shikoyat arizasini berish.

 

Agar Siz bunday huquqlarni muhokama qilishni va ulardan foydalanishni istasangiz, marhamat, quyidagi tafsilotlar bo’yicha biz bilan bog’laning.

Agar Siz o’zingiz haqidagi biz saqlayotgan biron-bir ma’lumot noto’g’ri ekanligi yoki eskirganligidan tashvishlansangiz, marhamat, o’z xavotiringiz to’g’risida ma’lum qilish uchun yuqorida ko’rsatilgan manzil bo’yicha yozib yuboring va biz qaydnomalarimizga tuzatishlar kiritish uchun tegishli choralar ko’ramiz.

Bizga Sizning talabnomalaringizni qondirish uchun Sizdan qo’shimcha axborot talab qilinishi mumkinligiga e’tibor qarating.

 

maxfiylik xususida fikr-mulohazalar

Agar Sizda biz tomonimizdan maxfiylik to’g’risidagi qo’llaniladigan qonunlarga yoki mazkur Maxfiylik siyosatiga rioya etilishi yuzasidan biron-bir shubha bo’lsa, marhamat, quyidagi manzil bo’yicha yozib yuboring: Corporate Compliance Office, Majid Al Futtaim Management Services, P.O. Box 91100, Abu Dhabi, United Arab Emirates yoki quyidagi elektron manzil bo’yicha yozib yuboring: privacy@maf.ae. Biz Sizning savollaringizga imkon darajada tezroq javob qaytarishga intilamiz.

   

ushbu maxfiylik siyosatidagi o’zgartishlar to’g’risida xabarnoma

Biz mazkur Maxfiylik siyosatini zarur hollarda yangilaymiz va o’zgarishlarni o’z platformalarimizda joylashtiramiz. Agar biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan ularni to’plash paytida ko’rsatilgandan boshqacha tarzda foydalanmoqchi bo’lsak, Sizni bu haqda xabardor qilamiz. Barcha o’zgartishlar, agar boshqacha belgilanmagan bo’lsa, e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Marhamat, mazkur Maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan o’zgartishlar mavjudligi yuzasidan ko’rib chiqing.

   

havolalar

Bizning Veb-saytlarimiz yoki Mobil ilovalarimiz o’z Maxfiylik siyosatiga ega boshqa tashkilotlar tomonidan boshqariladigan veb-saytlarni o’z ichiga olishi mumkin. Veb-saytda biron-bir shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilishdan oldin, maxfiylik siyosati va shartlari bilan albatta diqqat bilan tanishib chiqing, chunki biz boshqa tashkilotlarning veb-saytlari uchun hech qanday javobgar bo’lmaymiz.

  

qo’llaniladigan qonun hujjatlari va nizolarni hal qilish

Ushbu siyosat Birlashgan Arab Amirliklari qonunlari bilan tartibga solinadi. Mazkur siyosat tufayli yoki u bilan bog’liq yuzaga keladigan har qanday da’vo ishlari Dubay sudlarida Majid Al Futtaim Management Services va Sizning o’rtangizda hal qilinadi.