Majid Al Futtaim O'zbekistonda o'zining birinchi  Carrefour gipermarketini Compass Savdo markazida ishga tushirdi

13 September 2021

Majid Al Futtaim O'zbekistonda o'zining birinchi Carrefour gipermarketini Compass Savdo markazida ishga tushirdi

Majid Al Futtaim O'zbekistonda o'zining birinchi

Carrefour gipermarketini Compass Savdo markazida ishga tushirdi

• Carrefour 40 mingdan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini o'z ichiga olgan birinchi gipermarketini Compass Savdo markazida ishga tushirdi.

• Gipermarketning o'ziga xos do'kon kontseptsiyalari, masalan, fudkort, sushi-bar, novvoyxona va pitseriya xaridorlarning tajribasini kuchaytiradi.

 

Toshkent, O'zbekiston, 2021 yil 8 sentyabr: Majid Al Futtaim, Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi chakana savdo etakchisi, O'zbekistondagi birinchi Carrefour gipermarketini Compass Savdo markazida ishga tushirdi.

 

Raqobatbardosh bo'lgan sifatli mahsulotlarning tengsiz tanlovini ta'minlash majburiyatiga muvofiq, yangi ishga tushirilgan Carrefour gipermarketi 40 mingdan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan, uy-ro'zg'or buyumlari, to'qimachilik mahsulotlari, ekologik (bio) va Carrefour brendi mahsulotlarning katta assortimentini taklif qiladi.

 

Gipermarket xaridorlar tajribasini birinchi o'ringa qo'yish bo'yicha olib borayotgan sa'y-harakatlari doirasida, do'kon ichidan o’rin olgan fud kort, sushi-bar, va pitseriya kabi o'ziga xos konceptsiyani taqdim etdi. Endi xaridorlar tandidan endigina uzulgan non va somsalar, turli davlatlarning issiq tayyor taomlari, yarim tayyor mahsulotlar, noz-ne'matlar hamda nooziq-ovqat mahsulotlarning tanlovidan bahramand bo'lishlari mumkin.

 

Gipermarket mijozlarning qulayligini birinchi o’ringa qo’yar ekan ularga ko'proq qulaylik yaratish uchun homilador ayollar, imkoniyati cheklangan insonlar uchun alohida ustuvor bo’lgan kassa hamda o'z-o'zini xizmat ko’rsatish kassalari shuningdek, bepul Wi-Fi mavjud.

                                                                                                                     

Gyu Taeg Kim, Majid Al Futtaim Retailning Carrefour Uzbekistan bosh menedjeri: «2020 yil dekabr oyida biz O'zbekistonda birinchi Carrefour supermarketini ishga tushirdik va bugun biz Compass savdo markazida birinchi gipermarketining ochilishini g'urur bilan nishonlamoqdamiz. Tarmog’imizning kengayishi bizning mintaqadan mintaqaga keng do'konlar tarmog'ini yaratishga bo'lgan maqsadimizga muvofiq, hamjamiyatlarimizga har tomonlama modernizatsiya qilingan chakana savdo xizmatlarimizdan qulay foydalanishlariga qaratilgan. Ikkinchidan, biz mahalliy iste'dodli yoshlarni ish bilan

ta'minlash va ularning malakasini oshirish orqali O'zbekiston iqtisodiyotiga hissa qo’shish maqsadimizni ifodaydi.”

 

Bu to'rtinchi ochilish Carrefourning 2020 yil dekabr oyida mamlakat bozorida faoliyatini boshlanishini davomi sifatida, brend xizmat ko'rsatadigan bozorlarda faoliyatini kengaytirish imkoniyatlarini qidirishda davom etmoqda. Ko'proq xaridorlarga noyob xarid qilish tajribasini taqdim etishga intilgan Carrefourning o'sishi, shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratish orqali O'zbekiston iqtisodiyoti uchun qiymat yaratishga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, Carrefour 2021 yil oxirida Toshkentda yana bir yangi gipermarketni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Do'kon Samarqand Darvoza yirik savdo va ko'ngilochar markazida joylashgan bo'ladi.