“Sayyoramizni sevaylik”

14 July 2021

“Sayyoramizni sevaylik”

Carrefour Xalqaro supermarketlar tarmog’i bir oylik “Sayyoramizni sevaylik” ekologik aksiyasini o’tkazmoqda.

Toshkent, O'zbekiston, 2021 yil 09 iyul: O'zbekistonda Majid Al Futtaim egalik qiladigan va boshqaradigan Carrefour supermarketlar tarmog’i o’z mijozlarini ekologik toza turmush tarziga chorlash uchun 3 Iyul Xalqaro plastic paketlarsiz kun munosabati bilan bir oylik “Sayyoramizni sevaylik” ekologik aksiyasini o’tkazmoqda.

Xabaringiz bor, Xalqaro supermarketlar tarmog’i o’zining ilk faoliyat kunlaridan boshlab, birinchilardan bo’lib plastik paketlardan voz kechgan holda fuqarolarimizga qayta ishlatiladigan sumkalar va qog’oz paketlar kabi alternativalarni taklif etgan. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, faqarolarimiz bu tashabbusni yahshi kutib olib, ongli ravishda ekologik tanlovni amalga oshirgan holda ko’proq ko’p marotaba ishlatiladigan eco-sumkalardan foydalanishni avzal ko’rishmoqda. Birgina joriy yilning yanvar – iyun holatiga ko’ra mijozlar 230 000 ortiq ko’p marotaba ishlatiladigan eco-sumkalarni xarid qilgan va undan foydalangan.

Ushbu tashabbus davomi sifatida Iyul oyida Carrefour Uzbekistan mijozlarni bir marotabalik ishlatiladigan plastik paketlardan foydalanishni kamaytirishga undashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. 3 iyuldan 31-iyulgacha bo'lgan har bir qayta ishlatiladigan sumkalarni sotib olish uchun xaridorlar ko’plab MyClub ballarini qo’lga kirirtishmoqda.

"Sayyoramizni sevaylik" aksiyasi doirasidagi ikkinchi tashabbus O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, bu tashabbus fuqarolarni iste’moldan so’ng plastic idishlar va qopqoqlarni saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun ularni mahsus joyga topshirishga undaydi.

Shu bois, har bir Carrefour do'konda DELFIN va er sayyorasi haykalchasi yaratilib, u haridorlar tomonidan plastic idishlar va qopqoqlari bilan to'ldirilib kelinmoqda, shu orqali plastik chiqindilar muammosi ko'lami va uning hayvonlarga bo’lgan tahdidi haqida hayratlanarli vizual tasavvur hosil qilgan. Bu tashabbus orqali tashkilotchilar mijozlar e’tiborini plastik chiqindilarning hayvonlarga va atrof muhitga salbiy ta’siriga qaratishni istadi. Tashabbus yakunida plastik idishlarni va qopqoqlar mas'uliyatli tarzda yo'q qilinadi, va ularni atrof muhitga chiqarib yuborish oldi olinadi.

"Carrefour-da biz mijozlarimizga kelgusida avlodlarimizga toza sayyora qoldirish uchun barqaror hayot, xaridlarning ekologik ahamiyati to'g'risida ma'lumot berish bizning mas'uliyatimiz deb hisoblaymiz. Mijozlar tobora ko'proq o'zlarining kundalik hayotlariga yashil tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishar ekan, bizning maqsadimiz ularga kundalik hayotda barqaror ekologik alternativalarni taqdim etishdir. Majid Al Futtaim ekotizimining bir qismi sifatida biz barqaror, mas'uliyatli va o'zini o'zi ta'minlaydigan kompaniya bo’lish uchun standart yaratdik. Va rivojlanib borishimiz barobarida biz o'z biznesimizni atrof-muhit va ijtimoiy mas'uliyat bilan barqaror rivojlanish va ijtimoiy-korporativ mas'uliyat strategiyamizga muvofiq ravishda olib borish yo'llarini izlaymiz, shu bilan birga atrofimizdagi jamiyatni yaxshilashga yordam beramiz."

Shu bilan birga, Carrefour supermarketlar tarmog'i bir oylik ekologik aksiya doirasida o'zining Facebookdagi rasmiy sahifasida “Love Our Planet with Carrefour" mavzusida bolalar o’rtasida badiiy rasmlar tanlovini ham e'lon qildi. Ota-onalar o'z sahifasida farzandi chizgan rasmini #LoveOurPlanetwithCarrefour hashtagi bilan joylashtirishmoqda. Rasmlar 20 iyulga qadar qabul qilinib, 21-30 iyul kunlari Carrefour Qoratosh filialida tanlov jajji ishtirokchilaring kichik fotoko’rgazmasi tashkil etiladi va har bir tashrif buyuruvchi o’zi yoqtirgan rasmga ovoz berishi mumkin bo’ladi. 31 Iyul kuni esa eng ko’p ovoz to’plagan rasm muallifi g’olib deb e’lon qilinib sovg’aga ega bo’ladi.

Majid Al Futtaim 2025 yilga qadar faoliyat yuritayotgan mamlakatlaridagi barcha bizneslarida bir martalik ishlatiladigan plastikdan voz kechish uchun butun korxona va bozorlararo strategiyasini ishlab chiqdi.

Siz ham tashabbusimizda faol ishtirok eting va o’z xissangizni qo’shing.

Barqaror rivojlanish tashabbuslari haqida ko'proq bilish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: www.carrefouruzbekistan.com