OAV

09 July 2020

OAV

Carrefour Uzbekistanning so’nggi suratlari va video materiallarini ko’rib chiqing.

Carrefour Express24 bilan hamkorlikda yetkazib berish xizmatini yo’lga qo’ydi. 
 
•  Hamkorlik buyurtmalarni bajarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Toshkent, Uzbekiston, 8 aprel 2021y. - O'zbekistonda Majid Al Futtaim tomonidan egalik qiluvchi va boshqariladigan Carrefour chakana savdo tarmog’i Express 24 bilan hamkorlikni yo’lga qo’yganligi to’g’risida e’lon qildi.

Hamkorlik Carrefour-ga xaridorlarga haftasiga yetti kun davomida onlayn xarid qilishda tez va qulay yetkazib berish xizmatini taklif qilishiga imkon beradi. Express24 platformasida xaridorlar bir nechta toifadagi mahsulotlarni, shu jumladan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini hamda uy jihozlarini tanlab olishlari mumkin. Bunga qishloq ho’jaligi, go’sht va sut, tayyor va yarim-tayyor mahsulotlar, bolalarni parvarish qilish va shaxsiy gigiyena vositalari bilan bir qatorda Carrefour o'z brendi ostidagi eksklyuziv mahsulotlari kiradi.

"Carrefour doimiy ravishda mijozlarning kundalik xarid qilish tajribasiga yanada moslashuvchan va qulay qiladigan innovatsion xizmatlarni taqdim etish yo'llarini izlaydi. Express24 bilan hamkorlikda Carrefour mijozning uy ostonasigacha ishonchli va o'z vaqtida yetkazib berish xizmatini taqdim etadi. Bu bizning mavjud e-tijorat imkoniyatlarini, shuningdek mavjud va yangi mijozlarning rivojlanayotgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi ", - deydi Gyu Taeg Kim, Majid Al Futtaim kompaniyasining Carrefour Uzbekistan chakana savdo bosh menejeri.

Carrefour do'konini Express24 platformasining Market bo’limida topish mumkin. Carrefour xaridorlarga xilma-xil keng assortiment, yuqori sifat va qiymatga ega, meva va sabzavotlar, organik va biologik mahsulotlar, alkogolsiz ichimliklar, oziq-ovqat, sut, go'sht va baliq mahsulotlari, muzlatilgan, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa 1000 dan ortiq mahsulotlarni taqdim etadi (mahsulotlar soni 4000 dan ortiq bo’lishi rejalashtirilgan)

Express24 yetkazib berish xizmati sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishi bilan mashhur. Qo'shimcha qulaylik va xavfsizlik uchun mijozlar to’lovni naqd pul yoki plastik karta orqali amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. 

  https://www.facebook.com/carrefouruzbekistan
  https://www.instagram.com/carrefouruzbekistan 
  https://t.me/carrefouruzbekistan